Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir guruh nuroniylarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni topshirildi
16:07 / 2023-08-17

FOTOREPORTAJ

Iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda boshqa sohalarda ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan 48 nafar sirdaryolik nuroniy Prezidentimiz farmoniga muvofiq ta’sis etilgan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.

Ushbu mukofot Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

[gallery-13170]

Yillar davomida eliga xizmat qilgan, endilikda boy mehnat tajribasi, hayotiy maslahatlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan insonlarning ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi nuroniylarga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tiborning yuksak namunasi bo‘ldi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi, senator Sodiqjon Turdiyev hamda uning birinchi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishonlari va pul mukofotlarini o‘z egalariga topshirib, ularni muborakbod etdi.

Tadbir xushovoz xonandalar ijrosidagi konsert dasturiga ulandi.  

 

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA