Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir guruh mutaxassislar kasbiy ta’lim hamkorligi doirasida Xitoyda malaka oshirmoqda
16:48 / 2025-12-10

Ta’limning har bir bo‘g‘ini bugun rivojlanish bosqichida. Bunda xalqaro hamkorliklar muhim o‘rin tutadi. Pedagogika, tibbiyot yo‘nalishlarida turli davlatlar bilan tajribalar almashilib kelinmoqda.

Xitoyning Chunsin shahridagi “Three Gorges” tibbiyot kolleji taklifiga binoan tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro chuqurlashtirilgan malaka oshirish dasturi doirasida maxsus seminar-kurslar tashkil etilmoqda.

Mazkur malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Andijon, Sirdaryo, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridagi tibbiyot va texnika yo‘nalishidagi texnikumlardan 10 nafar malakali mutaxassis saralab olindi.

Ushbu seminarda zamonaviy tibbiyot ta’limi, ilg‘or diagnostika usullari, amaliy klinik ko‘nikmalar hamda xalqaro tajribalarni o‘rganishga ahamiyat qaratilgan.

Qolaversa, mazkur hamkorlik mutaxassislarning malakasini oshirish, o‘quv jarayonlariga yangi yondashuvlarni joriy etish hamda ikki davlat o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi ushbu amaliy hamkorlik kelgusida o‘quv dasturlarini boyitish, pedagog va mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish imkonini beradi.

Sherbek Islomov, O‘zA