Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir guruh mahkumlar muddatidan avval jazodan ozod etildi
15:56 / 2023-11-03

Andijon iqtisodiyot va qurilish institutida Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar, ularning oila a’zolari, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda shahar sudi probatsiya bo‘limining 80 ga yaqin taqdimnomasi ko‘rib chiqildi. 

Andijon shahar sudi raisi Ulug‘bek Karimov va boshqalar tomonidan joriy yil 27 sentyabr kuni qabul qilingan "Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati, xususan, sudlarda 2024 yil 1 yanvardan amaliyotga joriy etilishi kutilayotgan tartib-taomillar haqida keng va atroflicha tushunchalar berildi. 

Shuningdek, yig‘ilishda Andijonda keyingi paytlarda ko‘paygan jinoyat turlari, ularning kelib chiqish sabab va omillari, huquqiy oqibatlari haqida ham hayotiy misollar asosida fikr-mulohazalar bildirildi. 

[gallery-14376]

Qonunbuzarlarga sud tomonidan berilgan jazo, eng avvalo, ularni tarbiyalashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, nojo‘ya qadam tashlab, xatoga yo‘l qo‘ygan kishining jinoiy qilmishi yoki huquqbuzarlik harakatini keng jamoatchilik tomonidan muhokama etish, huquqbuzarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirish, shuningdek, sodir etilgan noto‘g‘ri xatti-harakatning oqibatlari xususida gapirildi. Bundan aholi, ayniqsa, yoshlar o‘zlari uchun tegishli xulosa chiqarishri lozimligi alohida qayd etildi. 

Sayyor sud jarayonida ko‘rib chiqilgan taqdimnomalar ish hujjatlari bilan birga muhokama qilindi. Pirovardida xatolaridan chin ma’noda xulosa chiqargan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan hamda halol va foydali mehnat bilan shug‘ullanib, hayotini izga solishga urinayotgan bir guruh mahkumlar jazoning o‘talmay qolgan qismidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 

Bundan tashqari, sud tomonidan belgilangan jazoni o‘tash chog‘ida belgilangan majburiyatlarga rioya etmagan, tartib-taomillarga amal qilmagan mahkumlarning jazolari esa og‘irroq turiga almashtirildi. 

Sayyor sud majlisi sud jarayonlarining ochiq va shaffofligini ta’minlashga, bir guruh mahkumlarning muddatidan avval jazodan ozod bo‘lishiga, ishtirokchilar, ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilimlarini boyitishga xizmat qildi. 

F. Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari