Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir guruh kinoijodkorlar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
15:48 / 2022-07-16

"O‘zbekfilm" kinokonsernida Kinematografiya agentligi hamda Kinoarboblar ijodiy uyushmasi tomonidan atoqli kinoijodkorlarga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Ushbu mukofot bilan O‘zbekiston xalq artistlari Rajab Adashev, Gulchehra Jamilova, Gulchehra Sa’dullayeva, marhum Lutfulla Sa’dullayev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, kino va dublyaj aktrisasi Noila Toshkenboyeva hamda kinorejissyor Ahmadjon Unarboyev va boshqalar taqdirlandilar. 

Aytish joizki, ushbu ustoz san’atkorlarning milliy kinematografiyamizning rivoji uchun qo‘shgan hissalari o‘ziga xosdir. 

Mukofotlarni O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Rizayev va Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonovlar topshirdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshi ulug‘ san’atkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdilar. 

N.Usmonova, O‘zA