English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir guruh FVV xodimlari “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
14:35 / 2020-09-22

Bugungi kunda butun insoniyat qatori koʻp millatli xalqimiz ham koronavirus pandemiyasi sabab ogʻir sinov va qiyinchiliklarga qarshi matonat bilan kurashmoqda.


Bugungi kunda butun insoniyat qatori koʻp millatli xalqimiz ham koronavirus pandemiyasi sabab ogʻir sinov va qiyinchiliklarga qarshi matonat bilan kurashmoqda. 

Ushbu ulkan ofatning mamlakatimiz hayotiga salbiy taʼsirini yumshatish, fuqarolar salomatligini asrash, ularni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha davlatimiz tomonidan oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar samarasini bermoqda. Mana shunday murakkab va tahlikali vaziyatda mard va jasur, olijanob xalqimiz yana-da jipslashib, oʻzaro yordam, mehr-oqibat, hamjihatlik va ahillik kabi yuksak insoniy fazilatlar sohibi ekanini yana bir bor amalda namoyon etmoqda.

Ularni munosib taqdirlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-avgustdagi “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni bilan sogʻliqni saqlash sohasining jonkuyar vakillari, saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlanishi belgilangan edi.

Mamlakatimizda pandemiya hamda tabiiy ofat, texnogen favqulodda vaziyatlarga qarshi kurashish, ularning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bu boradagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga koʻtarishga katta hissa qoʻshgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etayotgan vazirlik va idoralarning xodimlari “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanmoqda.

Mana shunday ezgu ishlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham keng koʻlamda tashkil etildi. Vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilayotgan jonkuyar va sadoqatli xodimlari yuksak mukofotga sazovor boʻldi. Respublika boʻylab tashkil etilgan tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati tomonidan bir qator xodimlarga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonlari topshirildi.