English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir gektar maydonda ekilgan qulupnaydan o‘rtacha 30 tonna hosil olish mumkin
08:32 / 2023-05-06

FOTOREPORTAJ

Ayni kunlarda yurtimiz bozorlari bahorning xushta’m ne’mati – qulupnay bilan to‘lgan.  

Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan qulupnay tarkibida juda ko‘p foydali moddalar va minerallar mavjud. Shuningdek, uning tarkibida temir, magniy, kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, kremniy, rux va mis bor. Foydali minerallarga boy meva inson organizmini vitaminlar bilan to‘yintiradi, immunitetini oshiradi. Uning tarkibidagi shovul kislotasi  tanani energiya  bilan ta’minlash xususiyatiga ega.

[gallery-11749]

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani aholisining deyarli barchasi qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanadi.  

Xo‘sh, nega uchqo‘rg‘onliklar qulupnay ekadi?

Bu savolga quyidagi ma’lumotlardan javob olishimiz mumkin:  

Qulupnayning bir gektaridan o‘rtacha 30 tonna  hosil olinadi. Hozirda bozorda 1 kilogramm qulupnay narxi 15 ming so‘m atrofida, bu 450 million so‘m, ya’ni xarajatlaridan tashqari 70 foiz foyda degani. Demak, 10 sotixdan 45 million, 2 sotixda 10 million so‘m daromad olish mumkin. Qulupnay orasida boshqa ekinlarni yetishtirish imkoni borligi esa qo‘shimcha daromaddan darakdir.

 

Kamola Yusupova,  

Hotam Mamadaliyev (surat),O‘zA