Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir el, bir Vatan, bir bayroq”
13:07 / 2025-11-16

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan “Bir el, bir Vatan, bir bayroq” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy davlat universiteti Tarix fakulteti dotsenti X.Abuyev bayrog‘imizning qabul qilinish tarixi, uning ramziy ma’nosi hamda bugungi kundagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, Davlat bayrog‘imiz O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro timsolidir. U mamlakatimizning barcha davlat idoralari, ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlardagi vakilliklari hamda sport maydonlarida iftixor bilan hilpirab turib, yurtimiz sharafini, xalqimizning g‘ururini namoyon etmoqda.

– Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi, – deydi Byuroning viloyat boshqarmasi katta inspektori Feruza Mamanova. – Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. Vatan bayrog‘iga e’tibor, unga hurmat ko‘rsatish va qadrlash zamirida avvalom bor vatanparvarlik tuyg‘ulari yotadi. Va u yoshlar tarbiyasida muhim o‘rin egallashi bilan ahamiyatlidir.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i – Vatan timsoli. Uni ko‘rganda, har bir yurtdoshimiz qalbida g‘urur, umid va ishonch uyg‘onadi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri