Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir dollar evaziga ekranlashtirish imkoniyati
19:59 / 2023-07-31

Stiven King Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filiali talabasiga o‘z hikoyasini ekranlashtirish huquqini taqdim etdi.

Gulnora Ivanova yozuvchi Stiven King bilan shartnoma tuzib, uning 1981 yilda chop etilgan “Qo‘l berib ko‘rishmagan odam” hikoyasini suratga olish huquqini 1 dollar evaziga sotib oldi. Natijada, “Teginish” qisqa metrajli filmi suratga olindi va  Malayziyada bo‘lib o‘tgan  “Nitiin” xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi triller” nominatsiyasida g‘olib deb topilib, “Student World Impact Film Festival» ta’sirli filmlar festivalining diplomi bilan taqdirlandi.

Hozirda Gulnora Ivanova Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent shahridagi filiali ko‘magida o‘zining “Ko‘zingni och” filmini suratga olish ishlarini yakunlamoqda. Mazkur film treyleri «The Panama Series Festival» kinofestivalida “Eng yaxshi treyler” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

O‘zA