Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bir bolaga bir daraxt” mezoni asosida uylar atrofiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazilmoqda
15:49 / 2024-11-01

Mamlakatimizda ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa, aholi zich joylashgan hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga e’tibor qaratish bugun har qachongidanda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Zero, yashil tabiat insonga o‘zgacha huzur bag‘ishlab, uning ruhiyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Odamlarda tetiklik va xotirjamlikni oshirishga xizmat qiladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Bir bolaga bir daraxt” ezgu tashabbusining navbatdagi mavsumiga start berildi. Respublikaning barcha hududlarida boshlangan ushbu ezgu loyiha ko‘p kvartirali uylar atrofida yashil tabiatni saqlash, ko‘kalamzorlashtirish, ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.  

Mana shunday tadbirlarning biri poytaxtimizning Olmazor tumani Ziyo mahallasida bo‘lib o‘tdi. Tumanda faoliyat olib boruvchi 10 dan ziyod boshqaruv servis kompaniyalari 300 dan ortiq mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.  

Boshqaruv servis kompaniyalari va aholi vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar hududlar qiyofasini tubdan o‘zgartirishi barobarida, tabiatni asrash, ekologik muvozanatni tiklash, havo musaffoligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. E’tiborlisi, mazkur jarayonda aholi ham faollik ko‘rsatib, millatimizga xos oqibat, mehnatsevarlik va tantilikni namoyon qilmoqda. Ayniqsa, yosh bolalarning ko‘chat ekish va parvarishlashga bo‘lgan ishtiyoqi barchaning ko‘zini quvnatmoqda.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA