FOTOREPORTAJ
Bugun, 30 may kuni Moskva viloyatidagi “Yangi quddus” muzeyida bir asr ilgari yaratilgan, lekin jamoatchilikka namoyish etilmagan rangtasvir suratlar ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi.
Kompozitsiya “Olamlar orasidagi nur” deb nomlandi. I. V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi va “Yangi quddus” muzeyi birgalikda tarixning unutilgan yoki noto‘g‘ri talqin etilgan sahifalarini ochib beradi, 1920–1930 yillardagi ziddiyat, yangi badiiy til, ichki erkinlik va tajriba-sinovlar davrini ko‘rish imkonini beradi.
[gallery-23654]
Ko‘rgazmaning alohida e’tibor nuqtasi “muzeylar qurilishi” tarixiga qaratilgan. Ikkala to‘plam ham ko‘plab san’at asarlari rasmiy madaniy maydon sarhadlaridan yiroqda shakllangan.
Fotolavhalar orqali siz ekspozitsiya 1920–1930 yillar rassomlarining izlanishlarini aks ettiruvchi mavzuga oid bo‘limlar ketma-ketligi asosida tuzilgan asarlarni ko‘rishingiz mumkin.
Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA