Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bir ariza bilan 47 kishining muammosi hal bo‘ldi
12:20 / 2022-09-05

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani adliya bo‘limiga Yakkabog‘ ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimi Sh.Muhammadiyev lavozim maoshiga belgilangan ustamalarni undirish haqida ariza bilan murojaat qildi.

Yakkabog‘ tumani adliya bo‘limi tomonidan murojaat o‘rganilganda Yakkabog‘ ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligining yana 46 nafar xodimiga shu vaqtga qadar ustamalar to‘lab berilmagani aniqlandi.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Yakkabog‘ tumani adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha  Yakkabog‘ tumanlararo sudiga lavozim maoshiga belgilangan  ustamalarni undirish haqida kiritilgan 47 ta ariza sud tomonidan qanoatlantirilib, jami 377 million 436 ming so‘m miqdordagi ustama pullari undirib berildi.

 

O‘lmas Barotov, O‘zA.