Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biologik faol qo‘shimchalarning elektron katalogi ishlab chiqiladi
10:40 / 2022-10-27

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan 2023 yil 1 martga qadar agentlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan dori vositalarining ishlab chiqarilishidan boshlab ularning iste’moli natijasigacha bo‘lgan jarayonlarni nazarda tutuvchi Farmatsevtika mahsulotlari hisobi va nazorati axborot tizimi joriy etiladi.

Bu haqda “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi.  

Shuningdek, agentlikka Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar biologik faol qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning xavfsizligi va tarkibini nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish vazifasi topshirildi.  

2023 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma hamda biologik faol qo‘shimchalarning elektron katalogi ishlab chiqilib, tegishli rasmiy saytlarga joylashtiriladi.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi esa bir oy muddatda biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik vositalar va materiallarni chetdan keltirish hamda ishlab chiqarishga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ruxsatnoma berish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.  

 

O‘zA