Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biologik faol qo‘shimcha reklamasida qonunbuzarlik aniqlandi
10:38 / 2026-02-10

O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi “JO‘RABEK” xususiy korxonasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan “Orthomol” biologik faol qo‘shimcha reklamasini belgilangan tartibda o‘rganib chiqdi.

O‘rganishlar jarayonida mazkur reklama materiallarini tayyorlash va tarqatishda O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni talablariga rioya etilmagani aniqlandi. Xususan, reklamada mahsulot haqida to‘liq, xolis va qonuniy ma’lumotlar berilmagan, shuningdek biologik faol qo‘shimchalarga nisbatan belgilangan majburiy cheklovlar buzilgan.

Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar reklama qilinganda ular dori vositasi emasligi to‘g‘risidagi ogohlantirish berilishi, shuningdek davolovchi xususiyatlarga ega ekani haqida taassurot uyg‘otuvchi ma’lumotlarga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “JO‘RABEK” xususiy korxonasiga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, qonun talablarini buzganlik uchun moliyaviy jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzarliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida korxonaga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Nigora Rahmonova, O‘zA