Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biogumus ishlab chiqarish kooperatsiyasi
06:57 / 2022-10-11

FOTOREPORTAJ

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani Obi hayot mahallasida 4 ming 800 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mahallaning asosiy “drayver” sohasi – dehqonchilik, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hisoblanadi. 

[gallery-9093]

Tadbirkor Kamaratdin Kazakov yo‘lga qo‘ygan “Rivojatdin-Sirojatdin-Husnitdin” biogumus ishlab chiqarish kooperatsiyasida Obi hayot mahallasidan 10 ta, qo‘shni Shimom mahallasidan 13 ta oilaning bandligi ta’minlangan.

– Rossiya davlatida tuproqning unumdorligini oshirish bo‘yicha tajriba orttirib qaytdim, - deydi kooperatsiya rahbari Kamaratdin Kazakov. – Mahalliy o‘g‘itni kaliforniya chuvalchangi yordamida qisqa muddatda o‘simliklar tez o‘zlashtira oladigan biogumusga aylantirish mumkin ekan. Orttirgan tajribam asosida ushbu biznesni boshladim. 

Tadbirkorning bundan 1,5 yil avval Surxondaryodan olib kelingan 20 metr kvadrat chuvalchangi 2000 metr kvadratga yetib, 1 oyda 4-5 tonna biogumus ishlab chiqarmoqda. Mahsulotlarga qo‘shni tumanlar bilan birga, Xorazm viloyatidan ham xaridorlar bor. 

O‘zA fotomuxbiri
Maqsad HABIBULLAEV olgan suratlar.