Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Binoning devori darz ketganiga zilzilaning aloqasi yo‘q — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
15:20 / 2023-03-23

Ijtimoiy tarmoqlarda kecha yuz bergan zilzila oqibatida Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli binolarning fasad qismiga zarar yetgani yuzasidan video tarqalgan edi.

Mazkur holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.  

Ma’lum bo‘lishicha, Yashnobod tumanida joylashgan "First Developing Group" MCHJ ga tegishli ob’ektlarning biriga g‘isht ishlab chiqaruvchi "Stone brick" MCHJ tomonidan sifatsiz g‘isht mahsulotlari yetkazib berilgan. Natijada, shunday holat yuzaga kelgan.  

Hozirda buyurtmachi tomonidan sud organlariga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida da’vo arizasi kiritilgan. Binoning fasad qismini ta’mirlash ishlari esa aprel oyida to‘liq yakunlanishi belgilab olingan. 

Shuningdek, xabarda, vazirlikning "1298" ishonch raqamiga ayni kunlarda zilzila oqibatida vayron bo‘lgan yoki zarar yetkazilgan binolar haqida murojaat kelib tushmagani ma’lum qilingan.  

O‘zA