Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Binokor” xalqaro turnir gʻolibiga aylandi
21:54 / 2019-06-04

Poytaxtimizdagi koʻp tarmoqli “Humo arena” muz saroyida oʻtkazilgan xokkey boʻyicha bolalar oʻrtasidagi xalqaro turnir yakuniga yetdi.


Poytaxtimizdagi koʻp tarmoqli “Humo arena” muz saroyida oʻtkazilgan xokkey boʻyicha bolalar oʻrtasidagi xalqaro turnir yakuniga yetdi. Unda yurtimizning “Binokor” va “Toshkent siti”, shuningdek “Riga” (Latviya), “Qaysar” (Qozogʻiston) hamda “Olgʻa” (Qirgʻiziston) bolalar jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib bordi.

Ikki kun davom etgan davraviy tizimdagi bahslar yakunida Latviyaning “Riga” jamoasi yoshlari toʻrt oʻyinda toʻrtta gʻalaba qayd etgan va 1-oʻringa sazovor boʻlgandi. “Binokor” jamoasi esa davraviy tizimdagi bahslarda faqat latviyalik tengqurlariga yutqazgan holda qolgan uchta oʻyinda gʻolib chiqdi va 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa Nizomiga koʻra gʻolibni aniqlash uchun davraviy tizimda birinchi va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar oʻrtasida hal qiluvchi final oʻyini oʻtkazilishi belgilangan edi. Shunga muvofiq “Riga” va “Binokor” jamoasi yosh xokkeychilari yana muz ustida gʻoliblik uchun bahs yuritishdi. Bu safar hamyurtlarimizga “devorlar” ham yordam berdi shekilli “Binokor” kichik – 1:0 hisobida gʻalaba qozondi va xalqaro turnir bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.

3-oʻrin ham “begona” boʻlmadi, “Toshkent siti” jamoasi sovrindorlar uchligini yakunlab berdi. “Qaysar” toʻrtinchi, “Olgʻa” jamoasi esa beshinchi oʻrinni egalladi.

Xokkey-04-iyun (6).jpg

Xokkey-04-iyun (3).jpg

Xokkey-04-iyun (2).jpg