Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Binafsha” bolajonlar xizmatida
16:54 / 2024-04-09

Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Yangiqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida davlat-xususiy sherikchiligi asosida 200 o‘rinli “Binafsha – 2020” maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Alisher Fayzullayev, jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari, ota-onalar ishtirok etdi. Tuman rahbari aholi talab va murojaatlari asosida qad rostlagan bu shinam muassasa ertamiz egalari ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasi ekanligini e’tirof etdi.  

Muassasada bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.  

– Zamonaviy qiyofa kasb etgan muassasamizda jajji o‘g‘il-qizlarning mashg‘ulot va to‘garaklarda band bo‘lib, dam olishlari, talab darajasida ovqatlanishi, sport o‘yinlarida chiniqishlari uchun yetarli qulayliklar yaratilgan, – deydi “Binafsha – 2020” davlat xususiy sherikchiligidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’sischisi Nilufar Nekqadamova. – Bog‘cha faoliyati tufayli hozirda hududda maktabgacha ta’lim yoshidagi 70 nafardan ziyod bolajon ro‘yxatga olingan. Ularga 4 ta guruhda malakali mutaxassislar ta’lim-tarbiya beradi. Muassasada o‘ndan ortiq tarbiyachi-pedagog faoliyat yuritadi.

Zarif Komilov,

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.