Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilyard: Toshkentda “MDH-2025 kubogi” g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
10:26 / 2025-09-11

Poytaxtimizdagi “STAR SNOOKER” bilyard klubida O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarining bilyard sport ustalari ishtirokida o‘tgan “MDH-2025 kubogi” reyting turniri yakunlandi.

MDH davlatlarining 121 nafar bilyardchilari ishtirokida kechgan qiziqarli bellashuvlarda qozog‘istonlik Alibek Omarov finalda turkmanistonlik Annamamed Annamamedovni 5:4 hisobida mag‘lub etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Turkmanistonlik bilyard sport ustasi Annamamedov esa 2-o‘rin bilan kifoyalandi.

Jahon chempionlari, xalqaro turnirlarning g‘olib va sovrindorlari ishtirok etgan nufuzli musobaqada 3-o‘rin hamyurtimiz Nodirbek Mirzayev va qirg‘izistonlik Akjoltoy Turganbayevga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston bilyard sport federatsiyasi va tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA