Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilyard mutasaddilari mukofotlandi
15:25 / 2021-10-21

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston bilyard federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv jarayonida mamlakatimizda ushbu sport turini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda respublikamizning turli hududlarida bilyard bo‘yicha bir qator musobaqalar tashkil etilib, ularga qo‘shni mamlakat vakillari ham jalb etildi. Imkon qadar xalqaro bilyard musobaqalarida yurtimiz sportchilarining ishtiroki ta’minlanmoqda.  

Bilyard federatsiyasi tomonidan olib borayotgan bunday xayrli ishlar natijasida ko‘p ming sonli shug‘ullanuvchilariga ega mazkur sportning tizimli rivoji ta’minlanayotganligi aytilib, federatsiya mutasaddilariga MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov «O‘zbekiston sport faxriysi» ko‘krak nishonlarini topshirdi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Mukofotga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston bilyard federatsiyasi raisi O‘tkir Komilov, uning o‘rinbosarlari Sultonxo‘ja Ma’rufxo‘jayev hamda Lutfullo Akbarov yurtimizda ommaviy sportni yuksaltirish bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan ishlar samarali kechayotganligini bildirdi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA