Bilsa – hazil, bilmasa – chin
Ma’lumotlarga ko‘ra, Zarbdor tumanida joylashgan Jizzax davlat pedagogika universitetining sirtqi bo‘limi binosida 3 milliard 520 million so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy sarflangan.
Shunga o‘xshash yana bir holat: G‘allaorol tumanidagi “A.U.B.” oilaviy korxonasi tomonidan ham 2 milliard 210 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘rincha ishlatilgani aniqlandi.
Ikkala holatning umumiy jihati bitta: “ Bilsa – hazil, bilmasa –chin” yoki "Davlatniki –hammaniki" kabi tushunchalarning hali ham ba’zi idora va korxonalarning rahbarlari ongida yashab kelayotgani. Buning oqibatida esa davlatga milliardlab so‘mlik zarar keltirilib, resurslar tanqisligi yuz bermoqda.
Hozirda har ikki holat yuzasidan ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
UzA