English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bill Klinton 1994 yilda Ukraina bo‘yicha qabul qilingan qarordan afsuslanganini bildirdi
13:12 / 2023-04-05

AQSHning sobiq Prezidenti Bill Klinton 1994 yilda Ukrainani yadro qurolidan voz kechishga ko‘ndirgani uchun afsus bildirdi. O‘shanda Ukrainaning yadro qurolidan voz kechishi bo‘yicha Budapesht memorandumi imzolangan edi.

“Men shaxsan o‘zim hissa qo‘shganimni his qilib turibman, chunki Ukrainani o‘zining yadro qurolidan voz kechishga rozi bo‘lishga majbur qilgan edim. Agar Ukrainada hali ham ushbu qurol bo‘lganida edi, Rossiya bu o‘yinni amalga oshirmagan bo‘lardi”, – dedi Amerikaning sobiq prezidenti Irlandiyaning RTE telekanaliga bergan intervyusida.