Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bill Geyts koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganini ma’lum qildi
10:27 / 2021-01-23

“Microsoft” asoschisi Bill Geyts tvitterdagi sahifasida o‘zining koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganini ma’lum qildi.

U aynan qaysi vaksina bilan emlanganiga aniqlik kiritmagan. “Men 65 yoshdaman, bu esa “COVID-19”ga qarshi emlanishga haqli ekanimni bildiradi. Dastlabki emlanishdan o‘tdim, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Hammaga rahmat aytaman”, deb yozadi u.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, AQSHning muvofiqlashtiruvchi organlari Pfizer va BioNTech, shuningdek, Moderna vaksinalari bilan emlanishni ma’qullagan.

O‘zA