Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bill Geyts keyingi pandemiya haqida
07:39 / 2022-02-09

Milliarder, «Microsoft» asoschisi Bill Geyts “Keyingi pandemiyaning qanday oldini olish mumkin” nomli asar yozdi.

"Kitobda men nafaqat bo‘lajak pandemiyani to‘xtatish, balki butun dunyo bo‘ylab barcha insonlar uchun sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash yo‘lida qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan qadamlarni aniq bayon qildim. Ushbu pandemiyadan olishimiz kerak bo‘lgan saboq haqida yozdim", deydi Geyts o‘z blogida.
Milliarder, shuningdek, AQSHning yuqumli kasalliklar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Entoni Fauci va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus  bilan "muntazam suhbatlari" tafsilotini ochishga ham va’da bergan.
Bill Geyts muntazam ravishda koronavirus pandemiyasi rivojlanishining ehtimoliy ssenariylari xususidagi fikri bilan o‘rtoqlashmoqda. Avvalroq u mamlakatlarda omikron shtammi to‘lqinidan keyin koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayishini, koronavirusga mavsumiy gripp kabi munosabatda bo‘lishini aytgan edi.
“Financial Times” xabar berishicha, Bill va Melinda Geyts fondi hamda Buyuk Britaniyada joylashgan “Wellcome Trust” epidemiyaga tayyorgarlik innovatsion koalitsiyasiga 300 million dollar ajratilmoqda. Bu past va o‘rta daromadli mamlakatlarga vaksina yetkazib berish bo‘yicha maxsus dasturni shakllantirishga yordam berdi.