Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bill Geyts hayvonlarning metan gazini havoga chiqarishini pasaytirish bo‘yicha 12 million dollar investitsiya kiritmoqda
09:41 / 2023-01-24

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Avstraliyaning Rumin8 startapini qo‘llab-quvvatlash uchun 12 million dollar investitsiya kiritadi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Bill Geytsning Breakthrough Energy Ventures Venchur jamg‘armasi loyihani moliyalashtirishning ikkinchi davrasida 12 million dollar investitsiyasi bilan  ishtirok etmoqda. Avstraliya kompaniyasi uy hayvonlari  ozuqasiga sintetik qayta ishlangan bromoforma qo‘shimchalarini yaratish bilan shug‘ullanadi. Mazkur faol ingrediyent qizil suv o‘tlarida uchraydi.

Breakthrough Energy loyihasiga Geytsdan tashqari, yana bir qator yirik tadbirkorlar ham qo‘shilgan, masalan, Amazon kompaniyasi asoschisi  Jeff Bezos va Nyu-Yorkning sobiq meri  Maykl Blumberg ham mablag‘ ajratgan, deyiladi xabarda.