Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilimni chuqur egallashning yo‘li – kitob o‘qishdir
17:25 / 2025-04-24

Respublika o‘rta tibbiyot xodimlar malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi Navoiy viloyati filialida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Durdona” loyihasi doirasida “Kitob – ma’naviyat bulog‘i” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Dunyoni faqat bilim bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Bilimni chuqur egallashning yo‘li esa bitta – bu ham kitob o‘qishdir.

Tadbirda inson hayotida kitobning tutgan o‘rni, kitobxonlik madaniyati xususida so‘z yuritildi. Aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni kitobga oshno etish, kitob mutolaasini odobning ajralmas me’yorlaridan biriga aylantirish, ulug‘ ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosi bilan tanishtirib borish “Durdona” loyihasining asosiy maqsadi ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida faol ishtirok etgan o‘rta tibbiyot xodimlariga kitoblar taqdim etildi. 

Albatta, bu kabi tadbirlarning tez-tez o‘tkazilishi kitobxonlikni aholi ongiga singdirish bilan bir qatorda ularning ma’naviyati va salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri