Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilimli va zakiy yoshlar taraqqiyot egalaridir
16:40 / 2024-01-23

FOTOREPORTAJ

Ta’limga qaratilgan e’tibor, shak-shubhasiz, o‘z samarasini beradi. Shu bois mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Iqtidorli yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish maqsadida tashkil etilgan Konimex tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘z faoliyatini boshlaganiga hademay ikki yil bo‘ladi.

Ayni vaqtda ta’lim maskanida 245 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 26 nafar pedagog saboq bermoqda. Bu yerda asosan matematika, fizika va ingliz tili chuqurlashtirilib o‘qitiladi.

[gallery-15601]

Joriy o‘quv yilida ustozlarning 4 nafari xalqaro GMAT va 1 nafari GRE sertifikatlarini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari fizika fani o‘qituvchisi Botirjon Hamidov va matematika fani o‘qituvchisi Qurbon Ismatov Navoiy davlat pedagogiga institutining tayanch doktorantura (PhD)siga o‘qishga qabul qilindi.

Maktabda asosiy darslardan tashqari asosiy fanlar bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar hamda to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari maktabda o‘quvchilar bo‘sh vaqtida shaxmat va voleybol bilan shug‘ullanishi, “Zakovat” klubida bilim va tafakkurini charxlashi uchun imkoniyat yaratilgan.

Maktabda har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash va mustaqil fikrga ega yoshlarni tarbiyalash maqsadlariga xizmat qiluvchi sog‘lom muhit hukmron. Zamonaviy binodagi o‘quv xonalari, kutubxona, sport zali, laboratoriyalardagi shart-sharoitga havas qilsa, arziydi. 

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA