FOTOREPORTAJ
Urganch shahrida joylashgan Al-Xorazmiy nomidagi universitetda “Raqamli avlod qizlari” tanlovining Xorazm viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 16-20 yosh toifasida 65 nafar, 21-30 yosh toifasida esa 40 nafar ishtirokchi o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi.
Tanlovning ochilish marosimida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tursunbek Nurmetov ishtirok etib, zamonaviy bilim va innovatsion g‘oyalar bilan maydonga chiqqan ishtirokchi qizlarga samimiy tilaklar bildirdi. Raqamli texnologiyalarni egallagan, tashabbuskor va bilimli qizlar yurtimiz kelajagining mustahkam poydevori ekanini alohida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
[gallery-27184]
Tanlovga jami 105 ta innovatsion loyiha taqdim etildi.
16-20 yosh toifasida Urganch tumanidagi 18-maktab o‘quvchisi Bibisora Husanboyeva birinchi o‘rinni egalladi. 21-30 yosh toifasida Al-Xorazmiy universiteti talabasi Risolat Iskandarova g‘olib bo‘ldi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA