Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilimli o‘quvchilar va ularning ustozlari taqdirlandi
11:10 / 2025-07-15

FOTOREPORTAJ

Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan asosiy fan olimpiadasining 2025 yilgi respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati  vakillari 4-o‘ringa ko‘tarildi. Bu — o‘z maqsadiga qat’iyat bilan intilgan bilimli o‘quvchilar, mehnatkash ustozlar hamda izchil ta’lim islohotlarining amaliy samarasidir. Joriy o‘quv yilida viloyat o‘quvchilari respublika bosqichida 2 ta birinchi o‘rin, 1 ta ikkinchi o‘rin va 2 ta uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

[gallery-24316]

Mana shunday yuqori natijaga erishgan o‘quvchilar hamda ularning fidoyi ustozlari Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tantanali tarzda tashakkurnomalar, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.  

Ayni rag‘batlantirish nafaqat o‘qituvchi-pedagoglarning mehnatini qadrlash, balki ta’lim sohasida yanada katta natijalarga erishish uchun mustahkam turtki bo‘lib xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.              

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA