Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilimli mutaxassisga ish topiladi
20:12 / 2022-08-05

4 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat xizmatini isloh qilish va boshqaruvda natijadorlikni oshirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida har bir vazirlik va hokimlik kadrlar tanlashni oliygohlardan boshlashi zarurligi ta’kidlandi.

Ushbu yo‘nalishda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqinda tuman hokimi Samarqand davlat veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Samarqand davlat chet tillari institutiga borib, bulung‘urlik bitiruvchi talabalari bilan uchrashgan va ularni tumanda ishlashga taklif qilgan edi.

Bugun esa davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan viloyat hokimligi istiqbolli kadrlar zaxirasiga saralab olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Dastlab, yosh mutaxassislarga tumandagi davlat tashkilotlari faoliyati va ularda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi. Ishga kirish istagida bo‘lgan yoshlar bilan shartnomalar tuzildi.

[gallery-8183]

Tuman hokimi Samandar Astonov, viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Bexzod Raxmatullayev bugun Bulung‘urda ham o‘z mutaxassisligini puxta egallagan, zamonaviy ilmlardan xabardor yosh mutaxassislarga talab yuqoriligi, bunday kadrlarga doim ish topilishini bildirdi. Viloyat hokimligi istiqbolli kadrlar zaxirasiga olingan va ayni paytda viloyat va tuman darajasidagi idoralarda faoliyat ko‘rsatayotgan ana shunday yoshlar misolida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuvda zahiraga olingan yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Bunda har bir yoshga yo‘nalishiga ko‘ra mas’ullar – hokim o‘rinbosarlari biriktirildi. Ular yoshlarning nafaqat bandligini ta’minlash, balki kelgusida lavozimda o‘stirish masalalariga ham e’tibor qaratadi, “ustoz-shogird” tamoyili asosida ishni tashkil etadi.

G‘.HASANOV, O‘zA