Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilimlar sinovi yoshlar uchun imkoniyat eshiklarini ochyapti
18:35 / 2022-12-23

So‘nggi yillarda ta’limga qaratilgan e’tibor tufayli  hatto chekka-chekka qishloqlarda ham yuqori saviyali kadrlar tayyorlanishi va iste’dod egalarini kashf etilishiga omil bo‘lmoqda. Har bir mahalla, har bir qishloqda zamon andozalariga mos madaniyat va san’at uylari, kutubxonalar hamda sport majmualari qurildi. Ularda yetishib chiqayotgan iste’dod egalari mamlakatimiz san’ati, sportini  dunyo arenalarida tanita boshladi. Shu bilan birga, turli ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishi ham yangidan-yangi tashabbuskor yoshlarni kashf etilishiga sabab bo‘layotir.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda tegishli idoralar bilan hamkorlikda mamlakatimizda adabiyot, san’at va madaniyat sohalarida faoliyat yuritayotgan iste’dodli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Vatan taraqqiyotiga mening hissam» Respublika tanlovining o‘tkazila boshlagani ham fikrimiz tasdig‘idir. Mazkur  tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar: “adabiyot va publitsistika”, “tasviriy va amaliy san’at”, “maqom va milliy estrada” yo‘nalishlarida tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlarida o‘zaro bellashmoqdalar.

Toshkent viloyatining iste’dodli yoshlari mazkur tanlovning viloyat bosqichida o‘zlarini sinovdan o‘tkazishdi.  Yuqori- Chirchiq tumanidagi 1-umumta’lim maktab o‘quvchisi  Elmira Mirzaqulova, 3-umumta’lim maktab o‘quvchisi Zilola Hikmatova singari   yoshlarimiz birinchi o‘rinlarni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. 

—“Bu tanlov men uchun katta imkoniyat maydoni bo‘ldi”, – deydi 1-o‘rin sohibasi Zilola Hikmatova. – Maqsadim, o‘zbek milliy mumtoz maqomchilik san’atini dunyoga tanitish. Bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlayotgan ustozlarimga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Ta’lim va madaniyatga qanchalik ko‘p e’tibor qaratsak, sohada yuksak iste’dod egalari yetishib chiqaveradi. Zotan,  ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibordir.

Dilnoza NAZIROVA,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi rahbari.