Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilimdonlar saralandi (+video)
16:53 / 2025-10-22

Buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etib, kitobxonlikka jalb etish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida “Jadidlar izidan” respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

Surxondaryo viloyatida mazkur tanlovda ishtirok etish istagida shahar va tumanlar ta’lim muassasalaridan jami 93 ming 800 nafar o‘quvchi “jadidlarizidan.uz” platformasi orqali ariza topshirdi.

[gallery-25861]

Viloyatning Jarqo‘rg‘on tumanida 3 ming 300 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 170 nafari maktab bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, tanlovning tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Tumanning 25-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-8 sinf va 9-10 sinf o‘quvchilari ikkita shart bo‘yicha jadid bobolarining hayoti va ijodiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Dastlab har bir ishtirokchi jadidlar hayoti va ijodiga oid 25 ta test savollariga javob berdi. Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar 2-shartda jadidlarning hayoti va ijodiga oid savollarga o‘z fikr-mulohazalarini 5 daqiqa davomida bayon etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 9-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida Maqsuda Keldiyorova, 6-8 sinf o‘quvchilari o‘rtasida esa Muhammaddiyor Keldiyorov eng yuqori natijani qayd etib, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JTVivTWVmwI" title="Bilimdonlar saralandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA