Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilimdonlar bellashuvi
18:06 / 2016-06-07

Namanganda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Namanganda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholi, ayniqsa, yosh avlodning siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy bilimi va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Soliq har qanday davlat iqtisodiyotining tayanchidir, – deydi Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati bosh mutaxassisi Bahodir Hamidov. – Bugungi tadbir ham o‘quvchi-yoshlarning soliq qonunchiligi sohasidagi bilimini yanada mustahkamlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Soliq kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda soliq siyosatini yanada erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar mazmun-mohiyatini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega.

Tanlovda 12 jamoa to‘rtta shart asosida soliq sohasidagi bilim va ko‘nikmasini namoyish etdi.

Uchqo‘rg‘on tumani pedagogika kollejining “Sadoqat” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.