Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bilimdon” bolalarni maktabga tayyorlamoqda
17:32 / 2017-06-06

Jizzax shahrida “Bilimdon” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat boshladi.

Jizzax shahrida “Bilimdon” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat boshladi.

Muassasaning ochilishiga bag‘ishlangan marosimda Prezidentimiz rahnamoligida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bunda davlatimiz rahbarining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘layotir.

“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi viloyat bo‘limi tomonidan tashkil etilgan muassasada oliy toifali pedagoglar tomonidan olib boriladigan qisqa muddatli mashg‘ulotlar davomida maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etilmagan 5-6 yoshli bolalar maxsus dastur asosida 1-sinfga tayyorlanadi. Muassasa bolalarda mantiqiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish, ularning aqliy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan o‘yinchoqlar, didaktik materiallar, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan.

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, boshlang‘ich sinfga maktabgacha ta’lim muassasalaridan kelgan bolalar ushbu muassasalarda tarbiyalanmagan tengdoshlaridan aqliy va ijodiy qobiliyati, muloqotga kirishish layoqati, savodxonligining yuqoriligi bilan ajralib turadi.

– Ayni paytda muassasamizga 50 bola jalb etilgan, – deydi “Bilimdon” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari Nozima Tugalova. – Ularga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Bilimdon” dasturi asosida kuniga 2 soatlik noan’anaviy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiya, musiqa, yozuv saboqlari bilan birga rus va ingliz tili mashg‘ulotlari ham tashkil etilgan. Muassasa faoliyati ota-onalarning badal pullari asosida moliyalashtiriladi.

Muassasada yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan ota-onalar, mutaxassislar, jamoatchilik vakillari yangi yo‘nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarni boshlang‘ich sinfga tayyorlash samaradorligiga erishishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi.