Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bilim va hunar kamolotga yetaklaydi
12:29 / 2023-01-27

FOTOREPORTAJ

Inson hayotda ilm olishga, kasb-hunar o‘rganishga doimo ehtiyoj sezadi. Zotan, mustaqil hayot bo‘sag‘asida to‘g‘ri kasb tanlay bilish har bir inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biridir.

Navoiy viloyatidagi Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida navqiron avlod vakillarining o‘zlari tanlagan ixtisoslik bo‘yicha puxta kasbiy ta’lim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 947 nafar o‘g‘il-qizni bag‘riga olgan ushbu maskanda avtomobillarni ta’mirlash chilangari, payvandlovchi, foydali qazilmalarni maydalash va saralash, apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi, oshpazlik, qandolatchilik, to‘qish-tikish jihozlari operatori, qurilish mashinalari operatori, raqamli axborotlarni qayta ishlash singari yo‘nalishlarda nazariya va amaliyot uyg‘unligi yo‘lga qo‘yilgan.  

[gallery-10391]

Gap shundaki, Zarafshon shahridagi yetmishga yaqin korxona va tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq  maktab o‘quvchilari egallayotgan bilimlarini ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sub’ektlarining o‘zida amaliyot o‘tash jarayonida mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

 

 

Siroj ASLONOV(surat),O‘zA