"Bilim uchun 100 million" olimpiadasining g‘oliblari aniqlandi
Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmatining xabar berishicha, agentlik tomonidan o‘tkaziladigan "Bilim uchun 100 million" olimpiadasining bu yilgi mavsumi onlayn bosqichida qariyb 120 ming o‘zbekistonlik ishtirok etdi.
Onlayn bosqichda eng yuqori o‘rinni qayd etgan TOP-100 ishtirokchi o‘rtasida 12 dekabr kuni olimpiadaning ikkinchi bosqichi — final o‘tkazildi.
Finalda Jahongir To‘rayev eng yuqori ballni to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va 100 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, 99 nafar final ishtirokchisining barchasiga 1 million so‘mdan mukofot berildi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA