Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bibtexnika” karvoni Buxoroda
12:36 / 2024-01-19

Umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Bibtexnika” karvoni tashkil etilgan. “Bibtexnika” loyihasi doirasida jamlanmalar ortilgan karvon Buxoro viloyatiga ham yetib keldi.

–“Bibtexnika” jamlanmasida jamlama kitobi, inventar kitobi, kundalik daftari, kitobxon formulyari, “cho‘ntakcha”,  alifboli kartochka, qaytaruv varaqasi, to‘plam g‘ilofi mavjud, –deydi Buxoro viloyati Bolalar kutubxonasi direktori Nargiza Nizomova. –Mazkur jamlanmalar viloyatdagi 547 ta  umumta’lim maktabi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi ilm dargohlari hamda Buxoro viloyati bolalar kutubxonasiga yetkazildi.  

[gallery-15538]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),  

O‘zA muxbirlari