Biatlon: Jahon kubogining 4-bosqichi yakunlandi
Germaniyaning Oberxof shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Qayd etilgan natijalardan so‘ng, ayollar o‘rtasida fransiyalik Lu Janmonno 553 ochko bilan umumiy hisobda birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Suvi Minkkinen (Finlyandiya) 503 ochko bilan ikkinchi, Maren Kirkeeyde (Norvegiya) esa 487 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Erkaklar o‘rtasida italiyalik Tommazo Jakomel 611 ochko to‘plab, yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan norvegiyalik Yoxan-Olav Botn 560 ochko bilan bormoqda. Kuchli uchlikni fransiyalik Erik Perro 560 ochko bilan yakunlab bergan.
Endi jahon kubogining beshinchi bosqichi Germaniyaning Rupolding shahrida 14-18 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda biatlonchilar estafeta, sprint va ta’qib poygasida o‘zaro raqobatlashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA