Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biatlon bo‘yicha jahon kubogining 4-bosqichi Germaniyada o‘tadi
14:50 / 2026-01-07

Biatlon bo‘yicha jahon kubogining to‘rtinchi bosqichi 8–11 yanvar kunlari Germaniyaning Oberxof shahrida bo‘lib o‘tadi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, kubok bahslarining erkaklar o‘rtasidagi 10 km. masofaga o‘tadigan sprint poygalari ertaga o‘tkazilsa, 9 yanvarda ayollar ushbu yo‘nalish bo‘yich 7,5 km. masofada raqobatlashadi. 10 yanvar sanasida erkaklar 12,5 km. quvish poygasida, ayollar esa 4 × 6 km estafetada qatnashadi. 4-bosqichning so‘nggi bahsida 11 yanvar kuni — erkaklar. 4 × 7,5 km. estafeta, ayollar. 10 km. quvish poygasida kuch sinashadi.

Ma’lumot o‘rnida, jahon kubogining uchinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida norvegiyalik Yoxan-Olaf 560 ochko bilan umumiy hisobda yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 447 ochko jamg‘argan Erik Perro bo‘lsa, Tommazo Jakomel 431 ochko bilan uchinchi pog‘onani egallab turibdi.

Ayollar o‘rtasida esa fransiyalik Lu Janmonno 481 ochko bilan jahon kubogi umumiy hisobida peshqadam. Norvegiyalik Maren Kirkeeyde 413 ochko bilan ikkinchi, italiyalik tajribali biatlonchi Doroteya Virer 363 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA