Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Biatlon bo‘yicha jahon kubogi qizg‘in pallada
10:41 / 2025-12-19

Shu kunlarda dunyoning turli mamlakatlarida qishki sport turlari bo‘yicha qator nufuzli musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday musobaqalardan biri, Fransiyaning Le Gran-Bornan shahrida davom etayotgan biatlon bo‘yicha jahon kubogi bosqichidir.

Jahon kubogining uchinchi bosqichi doirasida ayollar o‘rtasida 7,5 km. masofaga sprint poygasi o‘tkazildi. Mazkur bellashuvda shvetsiyalik Xanna Eberg 19 daqiqa 24,9 soniya natija qayd etib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va 90 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Undan keyin fransiyalik Lu Janmonno 3,3 soniya farq bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni tajribali italiyalik biatlonchi Doroteya Virer yakunladi.

Bugun, 19 dekabr kuni jahon kubogining uchinchi bosqichi doirasida erkaklar o‘rtasida 10 km. masofaga sprint poygasi bo‘lib o‘tadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA