Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BFQlar nega dorixonalarda sotilmaydi? — mutaxassis izohi
18:41 / 2020-11-05

Marvaridlar okeanda o‘sadi. Ularni Vetnam, Xitoy, Kambodjidagi fermerlar sun’iy ko‘llarda ham yetishtiradi. Chig‘anoq ichidagi durlar bir yilda atigi 3 millimetr o‘sishi esa, jarayon juda uzoq davom etishini anglatadi. Chunki, uning narxi hajmiga ko‘ra baholanadi.

Bir shodasi kamida 100-200 dollar turadigan durni kukunga aylantirib, Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) ishlab chiqarish kimga kerak? Hisoblab ko‘rilsa, agar tabletka ishlab chiqarilsa, Xitoyni o‘ziga bir necha tonna kerak bo‘lar ekan.

Aslida tuxum po‘stlog‘i, tvorog va banan kabi mevalarda juda ko‘p miqdorda bo‘ladigan va inson organizmiga singishi ham oson kalsiyni qimmatbaho toshdan olishdan qanchalik foyda bor?

<iframe width="1180" height="664" src="https://www.youtube.com/embed/5hRMvJdnRfw" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Bu kabi savollar bilan bir qatorda nega BFQlar dorixonalarda sotilmasligi haqida O‘zbekiston xalq tabobati akademiyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Behzod HAMROEV bilan suhbatlashdik.

- Aslida biologik faol qo‘shimcha ya’ni (BFQ) inson organizmi uchun zarur moddalar yetishmovchiligini to‘ldiruvchi tabiiy birikmalar tabiatda mavjud, - deydi B.Hamroyev. - Buning uchun marvaridni kukun qilish yoki marjon qoyalarni parchalash shart emas. Shu o‘rinda bu boradagi afsonalarga ishonadiganlarga aytishim kerakki, Yaponiya va uning atrofidagi davlatlarda marjon qoyalarni kesib olish brokonerlik hisoblanlib, 7 yilgacha qamoq jazosi belgilangan. Chunki, 400 kvadrat metr marjon qoyada 140 turdagi dengiz jonivori yashaydi. Dengiz hayvonlarining o‘rmoni hisoblangan bu oazis bir yilda atigi 5 santimetr o‘sadi. Uni yerdan chopib olinishi bilan tarkibidagi barcha moddalar parchalanib ketadi va foydali xususiyati yo‘qoladi. Bunday BFQ o‘rniga poytaxtimiz bozorlarida sotilayotgan ekologik toza dengiz karamini iste’mol qilsangiz ham arzon, ham foydali.

- Shunday deysiz-ku, lekin BFQlar ko‘plab kasalliklarga davo ekani keng targ‘ib qilinadi. Shunga yarasha ularning narxlari ham juda baland.

- To‘g‘ri, xalqimiz ishonuvchan. Ko‘p hollarda firibgarlarga ishonib, bilib-bilmay BFQlarni xarid qiladi. Alloh har bir insonga o‘ziga xos aql-idrokni bergan. Shu bois BFQ sotayotganlarga savollar berishi kerak. Shunchalik foydali bo‘lsa nima uchun dorixonada sotilmaydi? Bunday qimmat narxlar kimga mo‘ljallangan? Ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yxatidan o‘tganmi? Xom ashyo haqida sertifikat bormi?

Unutmaslik kerak, hech kim biror manfaat bo‘lmasa, bekorga birovga yaxshilik qilaman, deb harakat qilmaydi. BFQ ishlab chiqaruvchi odam asosiy foizni oladi, bundan davlat ham, xalq ham hech qanday foyda olmaydi. Aksincha, oddiy odamlar pul va sog‘lig‘ini yo‘qotadi. Negaki, chiroyli qadoqlanib, biror-bir mashhur brend korxona nomi qo‘yilgan BFQlar sifatiga e’tibor berilmaydi.

Negaki, chet eldan keltirilgan, ayniqsa yashirin yo‘llar bilan kiritilgan dori vositalarini qaysi davlatda, nimadan tayyorlanganini bilmaysiz. Agarda ishlab chiqaruvchi yurtimiz hududida bo‘lsa, qayerda, kim ishlab chiqargani, qaysi xom ashyodan tayyorlangani, qanday holatda saqlanganini tekshirish mumkin.

- Demak, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, ularga BFQ dori vositasi emasligini tushuntirish kerak ekan. Bunday mahsulotlarning dorixonalarda sotilmasligining sababini nima bilan izohlash mumkin. Tarmoqli marketing sotuvchilari talab ko‘p, mahsulot esa kam, deb javob berishadi.

- Ishlab chiqarishdagi 20 yillik tajribam asosida aytishim mumkin-ki, dorixonalarga yetkazib berolmaymiz, degan gap bahona. BFQ ko‘proq xorijdan kelayotgani bois ular misolida aytaman. Har bir ishlab chiqarish korxonasi, ayniqsa, eksport qilsa, kerakli miqdordan uch barobar ortig‘i bilan mo‘ljal oladi. Ishlab chiqarish zavodlaridagi marketing bilan shug‘ullanadigan odamlar O‘zbekistondagi talabni o‘rganib, 5 mingta dorixona bo‘lsa, 15 ming dorixonaga mo‘ljallab, xomashyo tayyorlaydi.

Aslida BFQ nafaqat dorixonada balki istalgan savdo shoxobchasida sotilishi mumkin. Chunki, u dori-darmon emas, o‘z nomi bilan biologik faol qo‘shimchalar. Biroq, mahsulotni ochiq-oydin sotish uchun uning tegishli hujjatlari bo‘lishi kerak. Davlat Standart agentligidan, Sog‘liqni saqlash vazirligidan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qo‘mitalari teshiruvdan o‘tkazilib, hujjatlar beradi. Zero, ularning tarkibida og‘ir metallar, gijjalar, rodionukletlar kabilar bor, yo‘qligi tekshiriladi. Xom ashyoning qayerdan olingani haqida ekspertiza xulosasi bo‘lishi kerak.

- To‘g‘ri, BFQ taklif qilayotganlar mahsulotni Yaponiyada, Germaniyada yoki AQSHda ishlab chiqarilganini aytadi. Shunday ekan ishlab chiqaruvchi xorijda bo‘ladi. Ayni vaqtda bunday savdogarlar tadbirkorlik niqobiga bekinmoqda.

- Bunday savdo butun dunyoda tarqalgan bo‘lib, uni nomi “setevoy marketing” deyiladi. U kecha yoki bugun o‘ylab topilmagan, 20-30 yillardan buyon davom etmoqda. Dunyoda soppa-sog‘ odam yo‘q. Hamma ham shifokor huzuriga boradi. AQSH misolida ko‘radigan bo‘lsak, har bir tibbiyot vakilli qaysidir tashkilot bilan bog‘langan. Albatta, bundan har ikki tomon manfaatdor. Ishlab chiqaruvchi mahsulotini sotadi, shifokor esa shartnomaga ko‘ra har bir sotilgan mahsulot uchun foiz oladi.

- Ana shunday BFQlarni xalq tabobati mahsuloti sifatida reklama qilib bering, deya sizga murojaat qilganlar bo‘ldimi?

- Albatta, bunday holat ko‘p bo‘ladi. Biz rad etamiz. O‘zimizning ilmiy ishlarimiz bor. Shu bois vakolatimiz doirasida birinchi o‘rinda dori vositalarini hammasini tajribadan o‘tkazamiz. So‘ngra tegishli davlat idoralariga tekshirish uchun topshiramiz. Davlat boji to‘lanadi. Bunday ishlarga ba’zida yillab vaqt ketadi.

Eslatma. Suhbatning to‘liq shakli bilan videoda tanishasiz.

Sayyora SHOEVA, Yoqub MELIBOEV (video), O‘zA