Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bezalt Granite” MCHJ faoliyati o‘rganildi
17:22 / 2025-02-26

Atrof-muhit va atmosfera musaffoligini saqlash, ishlab chiqarish korxonalarining tabiatga zararining oldini olish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashkilotlari va deputatlari tomonidan barcha hududda muntazam ravishda o‘rganishlar olib boriladi.

Jumladan, O‘zbekiston Ekologik partiyasi va hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘rta Chirchiq tumanidagi “Bezalt Granite” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga zaharli tashlamalar chiqishining oldini olish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, korxona faoliyatida ekologik talab va me’yorlarga rioya etilishi, isitish tizimining atrof-muhitga ta’siri, chiqindilarni boshqarish hamda ekologik xavfsizlik choralari ham o‘rganildi.

Mutaxassislar tomonidan aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

M.Komilova, O‘zA