Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Betakror rollar ijrochisi edi
21:25 / 2023-04-08

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktyor, o‘zbek kino xazinasidan joy olgan bir qator filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan san’atkor Murod Rajabov bugun, 8 aprel kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 74 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.

Murod Rajabov 1949 yilning 30 may kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan edi. 1971 yilda Toshkentdagi san’at yo‘nalishidagi institutni tamomlagan aktyor o‘z faoliyati davomida o‘zbek xalqi uchun qadrdon bo‘lib qolgan, qator kinofilmlarda suratga tushgan.

«Ajoyib xayolparast», «To‘ylar muborak», «Temir xotin», «Temir erkak», «Kichkina tabib», «Ko‘zlaring ma’yus», «Ulfatlar», «Kelgindi kuyov», «Xavfli burilish», «Kechir», «Ichkuyov», «Kirakash» kabi filmlar shular jumlasidandir.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Murod Rajabov 2008 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan edi. Taniqli san’atkorning betakror rollari, uning porlok, xotirasi xalqimiz qalbida mangu qoladi.

      O‘zA