Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshta mahallada kuzatishlar olib borildi
16:47 / 2025-02-05

Respublika Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Samandar Sa’dullayev Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Bog‘idasht”, “Dilobod Zafarobod”, “Qo‘shxodim”, “Rabotiqalmoq” va “So‘fikorgar” mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining ijrosi yuzasidan kuzatishlar olib bordi.

Bajariladigan ishlar, aholiga yaratib beriladigan shart-sharoit qatorida ichki xo‘jaliklararo o‘tgan ariqning 14 ming metr qismi o‘zanini betonlashtirish, mahallalarga 10 ta elektr transformator punktini o‘rnatish, shuningdek, tarmoqda 41 ming metr uzunlikdagi SIP elektr kabelini tortish, yaroqsiz holga kelgan simyog‘och o‘rniga 827 ta beton-tayanch ustunni o‘rnatish kabi chora-tadbirlar belgilangan.  

– Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda kambag‘al oilalar a’zolari bandligini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan fuqarolarga yashash xonadonida issiqxona va parrandachilik yo‘nalishlarida daromad manbalarini yaratish, ularga bank imtiyozli kreditlarini berish orqali tadbirkorlikka jalb qilish choralari izlandi. Shu bilan birga tumandagi mahallalarda yangilanayotgan  muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari shayligi uchun umumiy qiymati 15 milliard 427 million so‘m mablag‘ moliyalashtirilgani, bu boradagi chora-tadbirlarni kechiktirmasdan, tez sur’atda va sifatli ado etish zarurligiga e’tibor qaratildi. Qolaversa, joriy yilda mazkur yig‘inlarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mavjud tomorqa ekin yerlarini sug‘orishni yaxshilash, nasos va boshqa gidroinshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari muhokama qilindi, – deydi Samandar Sa’dullayev.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri