O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, Sohibjon Djumayev Buxoro viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Hayot Davlatov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
Timur Turdiboyev Jizzax viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Maxmud Tursunov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
Zoxidjon Zokirov Qashqadaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Aktam Chorshanbiyev ushbu lavozimdan ozod qilindi;
Laziz Pozilov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi va o‘z arizasiga asosan Akmal Raxmonov ushbu lavozimdan ozod qilindi;
Said Tuxtayev Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i etib tayinlandi;
Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – shahar bosh arxitektori lavozimiga Shovkat Dusmuxamedov nomzodi ma’qullandi;
Dilshod Niyazov o‘z arizasiga asosan Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi.
O‘zA