Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Beshlik” samarali ishlasa, hududda muammo qolmaydi
09:25 / 2023-11-29

Samarqand viloyati hokimligida “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunning viloyatdagi ijrosi tahlil qilindi.

Viloyat hokimi va sektorlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan majlisda joriy yilning sentyabr oyida Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan mazkur qonun ijro etilishi holati o‘rganilganda qator muammoli holatlar mavjudligi aniqlangani ta’kidlandi.

– Nazoratsiz va qarovsiz qolgan hamda huquqbuzarlik yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash, shuningdek, ularning ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga voyaga yetmaganlarni tarbiyalashda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida jamoat tarbiyachilarini tayinlash ishlari yo‘lga qo‘yilmaganligi, ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari tomonidan darslarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan yoxud muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlar monitoringi qilinmaganligi qayd etilgan, –- dedi yig‘ilishda so‘zga chiqqan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Rahmat Mamatov. – Xususan, Samarqand shahridagi 8-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi va Urgut tumanidagi 56-sonli umumta’lim maktabining o‘quv jarayoni o‘rganilganda yuqori sinflarning 10 nafardan o‘quvchisi uzrli sabablarsiz darslarga kelmagani kuzatilgan. Voyaga yetmaganlarning internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish ishlari talab darajasida tashkil etilmagani oqibatida o‘quvchi- yoshlar o‘zlari sodir etgan axloqsizliklarni ijtimoiy tarmoqlarga joylash holatlari uchramoqda.  

Tahlillarga ko‘ra, voyaga yetmaganlar tomonidan joriy yilning 8 oyida viloyatda 3128 ta huquqbuzarlik, 129 ta jinoyat sodir etilgan. Yilning o‘tgan 10 oyida esa viloyatda qayd etilgan 6372 ta jinoyatning 2107 tasi yoshlar, 701 tasi xotin-qizlar, 161 tasi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan. Achinarlisi,  33 ta qotillik jinoyatlarining 11 tasiga yoshlar, 3 tasiga ayollar va 1 tasiga voyaga yetmaganlar tomonidan qo‘l urilgan.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan 161 ta jinoyatda 170 nafar voyaga yetmagan shaxs, jumladan, 20 nafar qiz ishtirok etgan. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan 701 ta jinoyatda esa 641 nafar ayol qatnashgan. Afsuski, 4 nafar xotin-qiz mast holatda, 2 nafari profilaktik hisobda turib, 19 nafari muqaddam sudlangan bo‘lsa-da, takror jinoyatlar sodir etgan.

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mahalla beshligi” tizimi, bir qator qonunlarimiz, bundan tashqari, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida qabul qilingan qo‘shma qarorga asosan, mahallalardagi beshliklarga aniq vazifalar belgilab berilgan, – deya so‘zida davom etdi R.Mamatov. – Lekin, aksariyat mahallalardagi beshliklar davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilmasdan, belgilab berilgan vazifalar ijrosiga panja ortidan qarab kelmoqda. Agar ular bir yoqadan bosh chiqarib, hamkorlikda ish olib borsa, har qanday muammoga yechim topish mumkin.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri