Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshkurashchilarimiz Osiyo chempionatida medalli bo‘ldi
22:23 / 2024-04-14

Janubiy Koreyaning Xvason shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida mamlakatimizning umidli yoshlari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Shiddatli bellashuvlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari musobaqaning yoshlar dasturida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Yakkalik bahslarda qit’a sportchilari orasida o‘z iqtidorini namoyon etgan Samira Abzalova bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Qit’a chempionatining jamoaviy dasturida qatnashgan terma jamoamiz a’zolari Samira Abzalova, Mehriniso Qahramonova hamda Mubina Qodirjonova 3-o‘rindan joy olib, O‘zbekistonda iste’dodli beshkurashchilar avlodi kamolga yetayotganini ko‘rsatdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA