Beshimov Islom Akmaljonovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mahalliy xomashyolar asosida uretan guruhli termo, fotobarqaror qoplamalar olinish texnologiyasi” mavzusida
Beshimov Islom Akmaljonovichning 02.00.14 - “Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Mahalliy xomashyolar asosida uretan guruhli termo, fotobarqaror qoplamalar olinish texnologiyasi” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishi Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 22 iyul soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 10011, Toshkent Shahar, Shayxontohur tuman, A. Navoiy ko‘chasi, 32-uy. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ma’muriy binosi, 2- qavat, anjumanlar zali