Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshariqda paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
11:25 / 2022-08-27

Fotoreportaj

Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Beshariq tumanida bo‘lib, paxta terimi oldidan g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalash ishlari, joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan o‘z vaqtida va sifatli terib olish, shuningdek, ochiq maydonlarga va g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarda ishtirok etdi.

Tumandagi “S.Marasulov” MMTP hududidagi “Azizbek” paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi dala shiyponida bo‘lib o‘tgan tadbirda dastlab yuqori hosildor chigit va qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari, kimyoviy o‘g‘itlar namunalari, texnikalardan iborat qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirilib, paxta maydonida defoliatsiya qilish tadbirlari o‘rganib chiqildi.

[gallery-8529]

Tadbirda fermerlarga yil davomida mineral o‘g‘itlar va yoqilg‘i-moylash materiallari, zaruriy texnikalar o‘z vaqtida yetarli darajada yetkazib berilgani qayd etildi. Paxta yig‘im-terimiga kirishish oldidagi so‘nggi agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri amalga oshirish, g‘o‘za maydonlarini defoliatsiyalashni g‘o‘zaning biologik yetilganligiga qarab o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish, qo‘llaniladigan defoliantlarni to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Joriy yil tumanda “Lux Yan Tex” paxtachilik klasteriga biriktirilgan 7995 gektar maydondan paxta xomashyosi yetishtirish bo‘yicha shartnomalar imzolangan. 

Paxta yig‘im-terimini tizimli tashkil etish maqsadida 90 ta terim otryadi tuzilib, otryadlarga jami 12500, shundan 6360 nafar fermer xo‘jaligi a’zosi, 6140 nafar aholi vakillaridan iborat terimchilar shakllantirildi.

Otryadlarga 110 ta transport traktori, 190 ta tirkamalar biriktirildi hamda 380 ta yopinchiq, 25 mingta fartuk, 90 ta tarozi, qozon-o‘choq, samovar, suv saqlash baklar zaxirasi mavsumga tayyor holga keltirildi. 


Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA