Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshariqda “kumush tola” rejasi ortig‘i bilan bajarildi
18:26 / 2022-05-30

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani pillakorlari zafar marrasiga yetib keldi. Davlatga pilla sotish shartnomaviy rejasi ortig‘i bilan bajarilib, jami 201,4 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi yig‘ib olindi.

Bu yil tumanda 24 ta ipak qurti urug‘ini jonlantirish inkubatoriyalari tashkil etildi. Fermer xo‘jaliklari hamda kasanachilarga tarqatilgan 3 ming 530 quti ipak qurti zooveterinariya qoidalari asosida parvarishlandi. Natijada har qutidan o‘rtacha 58 kilogrammdan pilla hosili olinib, pilla yetishtirish rejasi 101,4 foizga uddalandi. Ilhomjon Axmedov, Baxtiyor Shernazarov kabi ko‘plab ilg‘or kasanachilar bir quti urug‘dan 70 kilogacha pilla yetishtirdi. 

Tumanda tashkil etilgan pilla bayramiga viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, hokimning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Alibek Tursunov, Beshariq tumani hokimi Rasuljon Jo‘rayev, Farg‘ona viloyati hududiy “Agropilla” MCHJ rahbari Maqsudjon Qosimov hamda sektor rahbarlari ishtirok etdi. Ilg‘or pillakorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Nilufar Bozorova, O‘zA