English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Beshariqda aholi muammolari o‘rganildi
16:20 / 2022-12-15

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida vazirlik va idora rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. O‘rganish ishlari 4 ta sektor kesimida 62 ta mahallani qamrab oldi.

Ishchi guruh tomonidan ikkinchi sektordagi 9 mingdan ortiq xonadonlar to‘liq o‘rganildi. Bu jarayonda 3 ming 200 dan oshiq muammolar aniqlanib, 2 ming 350 tasi ijobiy hal etildi.

Xususan, “Pastki Yangiqo‘rg‘on” MFYda 3 mingdan oshiq aholi istiqomat qiladi. Mahallada kuz-qish mavsumi boshlanishi bilan elektr energiyasi ta’minoti izdan chiqishi odatiy hol edi. Bu muammoni bartaraf etish maqsadida 83 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatilib 3,7 km tarmoq tortildi va yangi transformator o‘rnatildi. Natijada mahallaning elektr ta’minoti yaxshilandi.

[gallery-9976]

“Adolat” MFYda esa ko‘p yillardan buyon kuzatilayotgan toza ichimlik suvi muammosi o‘z yechimini topib, xonadonlardagi jo‘mraklarda zilol suv oqa boshladi.

Respublika ishchi guruhi sa’y-harakati bilan ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholiga suyultirilgan gaz ballonlari, ko‘mir yetkazish, tibbiy ko‘riklar tashkil etish, fuqarolarga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bank krediti olish, aliment to‘lovlarini undirishga ko‘maklashish, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar muammolarini o‘rganish ishlari o‘zining amaliy natijasini bermoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA